35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jo‘rabek mahallasida qonun ijrosi o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova tomonidan Jo‘rabek mahallasida O‘zbekiston Respublikasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

❗️ O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mas’ullarga qonun talablariga rioya etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasida zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Qonun ijrosi — inson qadri va huquqlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

Slide 1 of 1