35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLINING SUYULTIRILGAN GAZ BALLONI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARI O‘RGANILDI.
янв.21
SARDOBA TUMANI KENGASHI FAOLIYATI VA DEPUTATLIK SO‘ROVLARI TANQIDIY O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR O‘RTASIDA TAJRIBA ALMASHINUVI — SAMARADORLIK SARI MUHIM QADAM.
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
Infografika
янв.21
SAYLOV KOMISSIYASI VAKILI SARDOBA TUMANI KENGASHIDAGI SHAROITLARNI O‘RGANDI.
янв.21
TADBIRKORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARI IJROSI — NAZORAT VA TAHLIL MARKAZIDA
янв.21
Aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — e’tibor markazida.
XUROSON MAHALLASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

XUROSON MAHALLASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🏢 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zosi, “25-Qo‘rg‘on” saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan Xuroson mahallasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

💼 Uchrashuvda mahalla raisi, profilaktika inspektori hamda ijtimoiy xodim ishtirok etdi. Muloqot davomida mahallada mavjud bo‘lgan muammolar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati muhokama qilindi.

🕯 Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va mavjud masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

📁 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyasi asosida tashkil etilib, hududdagi ijtimoiy masalalarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashga qaratildi.

📈 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, mahallalardagi muammolarni o‘rganish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5