35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Navbatdagi sessiya masalalari yoshlar bilan muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari bilan birgalikda shu oyda sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning muammolarini hal etish hamda navbatdagi Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📊Shuningdek, faol yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham diqqat markazida bo‘ldi.

Slide 1 of 3