Tumanimiz mahallalarida aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va ichki yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍 Oshiq ota mahallasida ham fuqarolar tashabbusi asosida ilgari surilgan loyiha amaliy bosqichda o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatdi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 30-apreldagi VII-26-50-7-101-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida mahalla ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi.