📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan Oyinli mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaati o‘rganildi.
📍 Murojaatda mahalla hududida daydi itlar ko‘payib ketgani, buning natijasida, ayniqsa, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi yosh bolalar xavfsizligiga tahdid yuzaga kelayotgani bildirilgan.
📝 Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasi Sherobod tuman bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
🔹 Deputat so‘rovida hududdagi daydi itlar muammosini bartaraf etish hamda aholi, xususan, bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube