35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YUNUSOBOD TUMANI XALQ QABULXONASIDA FUQAROLARNING QABULI O‘TKAZILDI

Yunusobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Sh.To‘laganov, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi Yusupov R.A. bilan birgalikda fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazdi.

🤝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik va ish bilan ta’minlash, pensiya va nafaqa masalalari, bank xizmatlari, subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlariga yo‘llanmalar ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

📌 Murojaatlarning har biri belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishni talab etadigan murojaatlar esa mas’ul mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirildi.

👥Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2