Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 28-Chimboy saylov okrugiga yangi deputat saylandi
📍Olmazor tumani Saylov komissiyasining 2026-yil 18-avgustdagi 26-sonli qarori bilan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 28-Chimboy saylov okrugidan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga o‘tkazilgan saylov natijalari tasdiqlandi.
📌 Saylov yakunlariga ko‘ra, Mirzamaxmudov Ma’rufjon Maxamadsharif o‘g‘li Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati etib saylandi.
🏛 Partiyaviy mansubligi: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP).
🔗 Deputatlikka saylangan Mirzamaxmudov Ma’rufjon Maxamadsharif o‘g‘lini ushbu mas’uliyatli vazifaga saylangani bilan muborakbod etamiz.
✅ Unga deputatlik faoliyatida saylovchilar manfaatlarini munosib ifoda etish, aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borish, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashish borasida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🇺🇿 Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat!
🗳 Saylov — fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va xalq irodasining muhim ifodasidir.