35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR BILAN!

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan an’anaviy “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov o‘z saylov okrugidagi 10-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalarni samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga ezgu tilaklar bildirilib, ularga bilim olish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilandi.

Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilim, yangi marralar va yorqin yutuqlar davri bo‘lsin!

Slide 1 of 1