35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA QARORI IJROSI AMALGA OSHIRILMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda “Maorif” MFY hududida joylashgan chiqindi tashlash joyining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida chiqindilarni to‘plash va olib chiqish holati, hududning sanitariya-obodonlashtirish darajasi hamda mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratildi.

Mazkur amaliy ishlar Doimiy komissiya qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududlarda ekologik barqarorlikni mustahkamlash va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida davom ettirilmoqda.

Toza muhit — sog‘lom hayot garovi!

Slide 1 of 1