35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz Beshchinor va Ko‘rkam mahallalari aholisi!

Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahallalarimiz obodligi va xalqimiz farovonligi aynan mana shu ulug‘ ne’matning yorqin ifodasidir.
Fursatdan foydalanib, har bir xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilayman. Mahallalarimiz hamisha obod, ko‘chalarimiz fayzli, xonadonlarimiz quvonchga to‘la bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O. Mutalov
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati