Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Rahmatullayeva Dildora Shuhratdjanovna O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan munosib taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof — yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki yo‘lidagi samarali mehnatga berilgan munosib bahodir.
Hurmatli Dildora Shuhratdjanovna!
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, yangi yutuq va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!