35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Ekologiya va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda komissiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlarni ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish masalalari tahlil qilindi.

Shuningdek, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon shahar Kengashi bilan hamkorlikda shaharda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokama yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni kuchaytirish hamda tegishli doimiy komissiya qarorini qabul qilish belgilab olindi.

Slide 1 of 2