35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohabbos Yusupov Andijon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i N. Sheralixonov bilan hamkorlikda Kengash hujjatlari bilan ishlash, ularning ijrosini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni tizimli tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlarni olib bordi.

Xususan, “Aql markazi – hokimlik – xalq deputatlari Kengashi” hamkorligi doirasida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”ni Kengash muhokamasiga kiritish va tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlandi.

Mazkur ishlar Kengash qarorlarining sifatli tayyorlanishi, ijro intizomini mustahkamlash va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 1