Deputat so‘rovlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Yusupov Andijon shahar hokimligi Devonxona va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.Ibrohimov hamda bo‘lim mutaxassisi I.Nu’monjonov bilan birgalikda o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida Andijon shahar hokimligiga yuborilayotgan deputat so‘rovlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha belgilangan tartib-taomillar tushuntirildi.
Shuningdek, deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berish, ijro intizomini ta’minlash hamda deputatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.