#DK_qarori
#Kengash_sessiyalariga_oid
2026-yil 21-avgust kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Payariq tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Payariq tumani hokimining 2026-yil 20-avgustdagi Eshonquov Shohrux Sobir o‘g‘lini hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi hamda Niyatov Rashid Abdisattarovichni 2026-yil 21-avgustdan ushbu lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari ko'rib chiqildi.
Muhokama yakunida doimiy komissiya tomonidan mazkur qarorlarni tasdiqlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu masalalarni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|