Davlat dasturlari ijrosi Kengash nazoratida
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Saidahmat Usmonov, Urgut tuman Kengashi kotibiyati muduri Xudoykulov Sherali Umurzokovich hamda deputat Azizov Mardon Mavlonovich viloyatning 57-Beshyog'och saylov okrugidagi “Zarafshon” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
👍Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 28 martdagi PQ-141-son qarori asosida ishlari olib borilishi dastur ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.
💠Ta’kidlanganidek, mazkur qaror asosida hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga kiritish hamda ijrosini qat’iy nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.
✍️Muloqot davomida mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini tizimli o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✍️Uchrashuv yakunida aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mahalla va Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.