Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xonqa tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan 9-sayyor muhokama yigʻilishi oʻtkazildi

🏅Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi A.Radjabov hamda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri U.Kuryazov tomonidan Xonqa tumanida Xalq deputatlari viloyat Kengashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 9-sayyor muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

🎁Muhokama yigʻilishida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish hamda ushbu yoʻnalishda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

📝 Shuningdek, tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan Xonqa tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

🔹Yigʻilish davomida davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiyaning oldini olish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda masʼul rahbarlarning javobgarligini oshirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

✅ Taʼkidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat organi va mansabdor shaxsning ustuvor vazifasi boʻlib, bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4