35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan Uzunqishloq mahallasi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati M. Sultonova hamda Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 7-Shirinbuloq saylov okrugidan saylangan deputati A. Dadajonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–350-sonli Qonuni talablari asosida Uzunqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 👨‍💼 O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar yig‘inlari qarorlari ijrosini ta’minlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari atroflicha tahlil qilindi.
Slide 1 of 4