Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuv ish rejasida belgilangan
янв.21
“Tashabbusli budjet — bu oddiy ovoz emas, bu kelajak uchun qilingan tanlovdir.”
янв.21
“Birlashgan” “Paxtakor” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“OTAYURT” VA “BIRLIK” MAHALLALARIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV.
янв.21
“DO'STLIK” VA “YURTDOSH” MAHALLALARIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV.
янв.21
“NAVRUZ” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Sardoba tumanida deputat soʻrovi asosida muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 7-Bahmal, 8-Bog'ora, 9-Manas saylov okruglari deputatlari G.Absatova E.Nazarov, B.Bekmurodovlar "Yangiqishloq" mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi

Turkman mahallasida suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadikova Barchinoy tomonidan "Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati, asosiy normalari hamda amaliy ahamiyati haqida tushuntirish berildi.

Uchrashuvda suvdan samarali va tejamkor foydalanish, ichimlik suvini muhofaza qilish, suv obyektlarini ifloslanishdan asrash hamda fuqarolar bu boradagi huquq va majburiyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Qonun talablariga rioya etish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni asrab-avaylash muhimligi ta’kidlandi. Mahalla fuqarolari qiziqtirgan savolga javob oldilar, suv ta’minoti va undan foydalanish bilan bog‘liq mavjud muammolar yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur targ‘ibot uchrashuvi aholi huquqiy ongi va ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3