Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuv ish rejasida belgilangan
янв.21
“Tashabbusli budjet — bu oddiy ovoz emas, bu kelajak uchun qilingan tanlovdir.”
янв.21
“Birlashgan” “Paxtakor” mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
“NAVRUZ” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV.
янв.21
“OTAYURT” VA “BIRLIK” MAHALLALARIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV.
янв.21
“DO'STLIK” VA “YURTDOSH” MAHALLALARIDA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV.
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
янв.21
Sardoba tumanida deputat soʻrovi asosida muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi 7-Bahmal, 8-Bog'ora, 9-Manas saylov okruglari deputatlari G.Absatova E.Nazarov, B.Bekmurodovlar "Yangiqishloq" mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xalq deputatlari tuman kengashining 18-sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada qayd etilishicha, tumandagi 38 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hisob raqamiga jismoniy shaxslarning mol-mulki va yer solig‘idan 2 milliard 113 million so‘m mablag‘ undirilgan bo‘lib, shundan 1 milliard 213 million so‘mi sarflangan.

Mazkur mablag‘lar asosan mahallalarning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirilgan. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va piyodalar yo‘lakchalari qurish uchun 51,6 million so‘m, quyosh batareyali yoritish tizimlarini o‘rnatish uchun 604 million so‘m, mahalla binolarini ta’mirlashga 15,9 million so‘m, 18 ta kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam sifatida 98,8 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bandlik dasturi doirasida 2025–2026-yillarda 21,7 ming nafar aholini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Jumladan, investitsiya loyihalari orqali 863 nafar, xizmat ko‘rsatish sohasida 14,3 ming nafar, qishloq xo‘jaligida 6 ming nafar, qurilish tarmog‘ida esa 542 nafar fuqaroga doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, kambag‘allik darajasini 6,5 foizdan 2,9 foizga qisqartirish choralari ko‘rilmoqda. Bu borada hokim yordamchilari tavsiyasi asosida 1,7 ming nafar fuqaroga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi. Tijorat banklari bilan hamkorlikda 1 500 ta mikro va kichik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan 27 nafar fuqaro kasb va xorijiy tillarga o‘qitiladi. Tashkiliy tartibda 1 200 nafar mehnat migranti xorijda ishga joylashtiriladi. Shuningdek, 7 700 nafar mehnat migrantlari oilalariga moddiy, huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, 6,5 ming nafar migrantni vatanga qaytarish rejalashtirilgan.

Sessiyada kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9