Joriy yilning 9-aprel kuni Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-Bo`ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o`zi saylangan okrugidagi “Chotqol” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda deputat Y.Usipxodjayev 2025-yilning 1-choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berib o`tdi. Deputat tomonidan uchrashuvda ishtirok etayotgan fuqarolarga
davlatimiz tomonidan inson manfaati va xalqimiz farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berildi. Saylovchilar maxalladagi muammolar yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar.