⚡️Deputat Tursunova Hurmat o‘z faoliyatida ochiqlik, fuqarolar bilan yaqin aloqada bo‘lish va amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
⚡️Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman 5-Nishovur saylov okrugidan Deputat Tursunova Hurmat o‘zining faoliyati davomida saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga qaratilgan bir qator samarali ishlarni amalga oshirdi.
⚡️Shuningdek, mahalliy aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish, muammolarni joyida hal qilish maqsadida 3 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. ⚡️“Xizmat beminnat” loyihasi doirasida Xo‘ja Yakshaba mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 3 nafar xotin-qiz Saidova Sayyoraga biriktirildi. Ular tikuvchilik kasbiga o‘rgatilmoqda va hunar orqali o‘z hayotlarida yangi bosqichni boshlab berishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.