2025-yil 2-aprel kuni Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining VII-chaqiriq
6-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya
vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolar tomonidan
2025-yilning birinchi mavsumida bildirilgan takliflariga ovoz berish bo‘yicha
g‘olib deb topilgan tadbirlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
Marhamat tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar
kesimida ekinlarni sug‘orish uchun hududlar bo‘yicha suv olish
limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
“Geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi
takliflarning 2025-йилqonun hujjatlariga muvofiqligi haqida”gi ekspert
xulosasiga asosan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilgan geografik obyektlarni
nomlash, o‘zgartirish va tasdiqlash to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil
26-fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida
Yoshlar maslahat guruhini tashkil qilish to‘g‘risida”gi KQ-102-V-sonli
qarori haqidagi;
«Mingtepa-madaniy meros» jamoat fondining takliflari to‘g‘risida
hamda boshqa masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.