Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand tumani 13-Yangiobod saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati R.Eshonqulova 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Samarqand tumani Yangiobod mahallasi fuqarolari oldida hisobot berdi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI:

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI: 

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi ”ning 2025-yil 28-martda navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi. 

Yig'ilish kun tartibiga 3 ta masala kiritilgan bo'lib, bular:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438 sonli “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish 

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori hududida zamonaviy turizm markazini tashkil etish hamda 2025-2026 -yillarda tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirish, sog'liqni saqlash, ta'iim va maktabgacha ta'iim sohasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash hamda jadallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari A.Rajabovning hisoboti tinglanib, deputatlar hamda doimiy komissiya a'zolari tomonidan sohada uchrayotgan muammo va kamchililklar yuzasidan taklif va savollar berildi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi "Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi KQ-6-V-sonli (https://lex.uz/ru/docs/-7258833) qarori ijrosi yuzasidan tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida 2025-yil I-choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi haqida Jarqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari R.Xamrayevning hisoboti to‘g‘risida.

3. Jarqo‘rg‘on tumani bo‘yicha “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yil 1-mavsumi doirasida eng ko‘p ovoz to‘plagan, g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risidagi hisbotlarini deputatlar muhokamasiga qo'yildi, doimiy komissiya raisi hamda a’zolari tomonidan kun tartbidagi masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga tasdiqlash va muhokama qilish uchun kiritildi.

✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi 

Slide 1 of 1