Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashiga 4-Sulfakabutak Samarqand okrugidan saylangan deputat Sharipov Baxtiyor Murodqulovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Xalq bilan
OLIY MAJLIS SENAT KOMISSIYASI MUHOKAMA MAJLISIDA MIROBOD TUMANIDAN VAKILI ISHTIROK ETDI

Tadbirda Senat aʼzolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashlari aʼzolari, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputati A.Karimov, F.Muxitdinovalar, ekspertlar, viloyat hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi masʼul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy baza hamda tizim shakllantirilib, davlat xizmatlari ko‘rsatishni raqamlashtirish orqali inson omili minimal darajaga kamaytirildi. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha ijobiy yutuqlarga erishildi.

Joriy yilda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi korrupsiyaviy omillarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning muhim mexanizmlarini belgilab berdi. 

Mazkur Qonunning amaliyotga joriy etilishini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Prezidentning “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bilan davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga bir qator vazifalar yuklatildi.

Ushbu vazifalarning ijro etilishi yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning axborotini qo‘mita majlislarida eshitish belgilangan. 

Slide 1 of 8