Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashiga 4-Sulfakabutak Samarqand okrugidan saylangan deputat Sharipov Baxtiyor Murodqulovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Xalq bilan
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashining 2024 yil 18-sentyabr kuni chaqirilgan navbatdagi bir yuz uchinchi sessiyasi kun tartibida hisobotlari
янв.21
Xalq deputatlari Samarqamd tumani Kengashi deputati Negamtova Shoxista tomonidan Gulobod mahallasidagi xotin-qizlar muamolarini o‘rgandi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
Yig‘ilishda tumanda ta’lim va tarbiya borasida qilinayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya azolari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i ishtirok etishdi. Yig‘ilish kun tartibida Vobkent tumanida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar, yosh avlodni yuksak bilim-ma’rifat egalari etib tarbiyalash bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Farmonov hisoboti eshitildi.

Tumanda jami 43 ta ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, shundan, 42 ta umumta’lim maktablari, 1 ta matematika faniga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ixtisoslashtirilgan agentlik maktabi va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarda jami 21800 nafar o‘quvchilar ta’lim olib, ularga 2113 nafarga yaqin o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Tumanda ta’lim yo‘nalishi 2 ta tilda, ya’ni o‘zbek va rus tillarida olib borilmoqda.

Tumanda hisobot davrida 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 95 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, ulardagi jami 3-7 yoshli bolalar soni 11399 nafarni tashkil etib, shundan, 9140 nafari yoki 80,1 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinishiga erishilgan.

Joriy yilning 4-sentyabr bilimlar kuni 2024/2025-o‘quv yilining boshlanish kuni tadbirlari umumta’lim maktablarida ko‘tarinki ruhda tayyorgarlik ko‘rildi va tashkil etildi. Umumta’lim muassasalarda jami 21558 nafar o‘quvchilar yangi o‘quv yilini boshlandi. Yangi o‘quv yiliga 1-sinfga 2438 nafar o‘quvchi qabul qilingan.

Tumanda jami xorijiy tillar fani o‘qituvchilari soni 217 nafarni tashkil etadi, shundan, 135 nafari yoki 62 foiz o‘qituvchilar bugungi kunda belgilangan xorijiy til sertifikatlariga ega bo‘lib, hozirgi kunda 100 nafar o‘qituvchilar tomonidan xalqaro va milliy sertifikat olish maqsadida tayyorgarlik ishlarini ko‘rmoqda. Ta’lim muassasalardagi o‘quvchilardan 106 nafar bitiruvchi o‘quvchilar hozirgi kunda xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek yig‘ilish davomida maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar, oliy toifali o‘quvchilar salmog‘ini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar, maktablarning moddiy texnik bazasini oshirish, fan olimpiadalaridagi o‘rinlar, Respublika va viloyat miqyosida tumanni ko‘rsatkichlari yuzasidan qilingan ishlar batafsil yoritib berildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan sohada amaliy ishlar bilan birgalikda qilinishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar borligi, jumladan, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning odob-axloqi, maktablarning sanitar-gigena holati, kuz-qishga tayyorligi, proflaktik hisobda turuvchi o‘quvchilar, chin yetimlar, nogiron o‘quvchilar bilan ishlash holati, o‘qish sifati va boshqa yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib borilishi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masala navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida ko‘rilishi belgilangan. 

Slide 1 of 7