Deputatlar tomonidan belgilangan jamoatchilik nazorati tadbirlari doirasida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rganish tadbirlari ham o‘rin olgan.
Xususan, bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 10-Boboyurt saylov okrugidan saylangan deputat Eldor Erkaboyev tomonidan "Boboyurt" mahallasidagi mavjud oilaviy poliklinika hamda taʼlim muassasalarida issiqlik energiyasining uzluksiz taʼminlanganlik holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida muassasalarda xonalar haroratining meʼyor darajada ekanligi, qozonxonalar hamda ko‘mirning saqlash joylari ko‘zdan kechirildi.