Joriy yilning 17-dekabr kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 14-Navoiy saylov okrugi deputat M.Ravshanova, tumandagi Navoiy MFY hududida joylashgan 7-maktabga O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi, jumladan Davlat dasturidagi vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilayotganligi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. Tashrif jarayonida maktabning huquqiy hujjatlarni yuritilishiga mas'ul xodimlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar bilan yaqindan tanishildi va ular yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi va yuzaga kelgan savollarga tegishli javoblar olindi.
Shuningdek 2025-yilni yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va (yashil) iqtisodiyot yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan hududdagi obodonlashtirish va tozalik ishlarini amalga oshirilayotganligi ko‘zdan kechirdi va kerakli tavsiyalar berildi.