Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashiga 4-Sulfakabutak Samarqand okrugidan saylangan deputat Sharipov Baxtiyor Murodqulovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Xalq bilan
Arabotada yangi inshootlar foydalanishga topshirildi

Tumanimizda mahallalar obodligi va fuqarolar turmush tarzi farovonligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Xususan, tumanda amalga oshirilgan yana bir ezgu ish ortidan tumanning eng olis hududlaridan biri bo‘lmish “Arabota” mahallasi fuqarolarining quvonchi cheksiz. 

Mahallada 100 dan ortiq aholi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida homiylik mablag‘lari va hashar yo‘li asosida qurilishi boshlangan suv inshooti qurish ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshirildi. 

Shuningdek, mahalla aholisiga kuz-qish mavsumi hamda noqulay ob-havo sharoitida erkin harakatanishlarini ta’minlash va qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Davlat dasturi hamda homiylar hisobidan yangi 2 ta ko‘prik qurish ishlari yakuniga yetkazildi.

Yangi inshootlarning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o‘rinbosarlari S.Xujamiyarov va M.Ibodullayevlar mahalla ahlini qutlab, qurilgan inshootlarning aholi og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishini hamda toza ichimlik suviga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini to‘la qondirishini alohida ta’kidlashdi. 

Xalq deputatlari Nurobod
tumani Kengashi deputati Gavhar ISAYEVA

Slide 1 of 5