Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining yettinchi chaqiriq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
1. Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limining 2024-yil III chorakda amalga oshirgan ishlari va shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha to‘g‘risida;
2. Yangiyo‘l shahar mahalliy byudjetining 2024-yil III chorak yakuni bilan orttirib bajarilgan mablag‘larini taqsimlanishi hamda o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
2.1 Shahar mahalliy budjetining 2024-yil 9 oylik ijrosi to‘g‘risida
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr kunidagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli hamda 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli mutassadilarning hisoboti tinglanib, sessiyaga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.