Izboskan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligini munosib nishonlash maqsadida Ma’naviyat-ma’rifat markazi tuman bo‘limi raxbari S.Azimova, Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputati,"Аdolat"SDP tuman kengashi raisi D.Axmedova, tuman Adliya bo‘limi bosh yurist-konsulti A.Qosimov, tuman FXDYo bo‘limi mudiri Yo.Komilovalar ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputati D.Ahmedova konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlar,yangiliklar,normalar haqida ma'ruza qildi.O'quvshilar bilan savol-javoblar o'tkazilib o'quvshilar bilimlari mustahkamlandi.
Tadbir davomida D.Ahmedova "Adolat"SDP Siyosiy Kengashi raisi R.A.Mahmudova tomonidan tayyorlangan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio kitobini ixtisoslashgan maktab o'quvshilariga sovg'a qildi.
️Shuningdek, tashrif buyurgan mehmonlar va o‘quvchilar “Konstitutsiya tarixi” burchagi va foto koʻrgazmasi bilan tanishdilar.