Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand tumani 13-Yangiobod saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati R.Eshonqulova 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Samarqand tumani Yangiobod mahallasi fuqarolari oldida hisobot berdi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
“Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

“Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

Sariosiyo tumanidagi 53-sonli umumta’lim maktabida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorligida faol nuroniylar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Uch avlod uchrashuvida so‘zga chiqqanlar, faxriylar bosib o‘tgan hayot yo‘llari, tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, bu yo‘lda uchragan mashaqqat va qiyinchiliklar xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. O‘z oldiga maqsad qo‘yishi va kelajagini rejalashtirishi lozimligi va yoshlarga hayotda o‘z yo‘lini topish, munosib kasb egallash borasida maslahatlarini berdilar.

Slide 1 of 1