Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga "26-Pong" okrugidan saylangan deputat Asqarova Farog'at Toshtemirovna Aholi orasida jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha targ'ibod tadbirlari o'tkazilmoqda.
Aholi ayniqsa, yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olishda mahalla va guzarlarda tashkil etilib kelinayotgan targ'ibod tadbirlarining alohida o'rni bo'lib, tuman tashkilotlari mas'ullari tomonidan ayni masalaga alohida e'tibor qaratilgan va hududlarda muntazam ravishda targ'ibod tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
Bugun Tuman IIB boshlig‘i S. Sharipov hamda O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Z. Turdiyev ishtirokida Xo‘ja Ismoil mahallasi faollari bilan o'tkazilgan uchrashuv ham ayni maqsadlarga qaratildi.
Ta'kidlanganidek, jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazotini o'rnatish muhim. Shuningdek, yoshlar tarbiyasini avvalo oiladan boshlash qolaversa, mahalla, nuroniy otaxonu-onajonlarimizning hayotiy tajribalaridan foydalanish ham ijobiy samara beradi. Shunday ekan mahalla faollari har bir oila bilan alohida ishlashi lozim.