Xalq deputatlari Jomboy
tumani Kengashi deputati Bobomurod Ulug‘bekov tomonidan Dehqonobod mahallasida
"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda mahalladagi muammoli yoshlar va
ularning oila a’zolari bilan uyma-uy kirib uchrashib suhbat qilindi. Suhbat
davomida deputat Bobomurod Ulug‘bekov Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan
imtiyozlar, yoshlar bandligini taminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish
borasida amalga oshirilayotdan ishlar to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini
bildirdi va ularni kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnilariga ega inson bo‘lib yetishishlari
uchun kerakli tavsiyalarni berdi.