— Bugungi kunda o‘zbek
ayollarining nafaqat oila va farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, balki, mamlakatimiz
taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi ham beqiyosdir. Mamlakatimizda xotin-qizlarning
haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarish, bir so‘z bilan aytganda opa-singillarimizni jamiyatning teng
huquqli, faol va bunyodkor a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Ayollar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, jumladan, bandligini ta’minlash,
sog‘ligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularning turmush
darajasini yaxshilashga e’tibor yuksak darajaga ko‘tarildi desak xato bo‘lmaydi.
Partiyamiz, faoliyatiga
ana shunday tahliliy nuqtai nazardan yondashsak, unda xotin - qizlar hayoti bilan
bog‘liq bir qator jiddiy muammolarning aniq yechimi ifoda etilayotganligi va bu
muammolarni bartaraf etishda mustahkam poydevor bo‘layotganining guvohi bo‘layapmiz.
Bunday yondashuv amaliy va samarali natijalarni
bermoqda, xotin-qizlarning yaxshi yashashi, mehnat qilishi uchun barcha sharoit
va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xususan Partiyamizning
ko‘plab loyiha va tashabbuslarini misol qilsak bo‘ladi. Jumladan Pastdarg‘om tumani
miqyosida O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining birgina "Bir adolat-chi ming ayolga himoyachi"
loyihasi doirasida ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi.
Ushbu loyiha doirasida
Pastdarg‘om tumani 37-son manzil koloniyasidagi xotin-qizlar bilan, ularning siyosiy
bilimlarini oshirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Partiyaning
Pastdarg‘om tuman Kengashi, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi Kotibiyat
mudiri Fatima Bazarovna, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Gulfiniso
Qo‘chqorova hamda manzil-koloniya inspektor xodimlari ishtirok etishdi.
Achchiq bo‘lsa ham
tan olishimiz kerak, uzoq yillar ayollar muammolariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi
aynan bugun ushbu xotin-qizlarimizning mana shu yig‘ilishda ishtirok etishlariga
sabab bo‘layapti, lekin e’tirof etish joizki, bugun O‘zbekistonda xotin-qizlarni
ijtimoiy himoya qilish, ularni ishga joylashtirish, uy-joy bilan ta’minlash, bir
so‘z bilan aytganda har qanday muammolarning yechimi yuzasidan aniq, huquqiy mexanizmlar
ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilgan va samarali natijalar bermoqda.
Yig‘ilish so‘ngida
barcha qatnashchilar o‘zlariga yetarlicha siyosiy tushunchalarga ega bo‘lishdi.