5-sentyabrdan 5-oktyabrgacha "Barqaror turmush profilaktika" oyi munosabati bilan va Navoiy viloyati Uchquduq tumani Ichki ishlar organlarida hisobda turuvchi, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, ishsizlar, muqum mutaxassislikka ega bo‘lmagan, 18 dan 40 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishlarini yohud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, muammolarini hal etish hamda qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Men kuchli ayolman» loyihasi 5-bosqich dasturi bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ijrosi ta'minlash maqsadida Oila va xotin-qizlar bo'limi, tuman IIB bilan hamkorlikda tadbirning yakuniy qismi bo'lib o'tdi.Tadbirni yakunlash yuzasidan IIB boshlig`i A.Radjapov va tuman hokimi o'rinbosari Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Najmiddinovalar tashrif buyurganlarga yakuniy so‘zlarni va tilaklarni bildirishdi hamda xotin-qizlarning fikr va mulohazalari tinglandi.