Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand tumani 13-Yangiobod saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati R.Eshonqulova 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Samarqand tumani Yangiobod mahallasi fuqarolari oldida hisobot berdi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
Deputatlar tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qabul-emergancy department, rejali jarroxlik bo‘limlarida o‘rganish ishlarini olib bordilar

Inson sog‘lig‘i va uning hayotini saqlab qolishda “oltin soat” oralig‘ida birinchi yordam ko‘rsatuvchi bo‘g‘in, albatta, tez tibbiy va shoshilinch yordam hisoblanadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida ham islohotlar izchillik bilan davom etmoqda.

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi rahbari, tuman xokimi X.Umarovning joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati sifatini yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy o‘rganish, shu bilan birga ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni qat’iy nazoratga olish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qabul-emergancy department, rejali jarroxlik bo‘limlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvoli, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida deputatlar bo‘limlarning tibbiy personali, davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdilar. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning xisobot va axborotlarini muntazam ravishda tegishli doimiy komissiya, navbatdagi sessiyalar kun tartibiga kiritish yuzasidan kelishib oldilar. 

Slide 1 of 10