Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand tumani 13-Yangiobod saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati R.Eshonqulova 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Samarqand tumani Yangiobod mahallasi fuqarolari oldida hisobot berdi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi 

  

Joriy yilning 29-fevral kuni Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya kun tartibiga masalalar dolzarb ekanligi sababli navbatdan tashqari sessiya chaqirilib, masalalar muhokama qilindi: 

Sessiya kun tartibidagi masalalardan biri, ya’ni “Farg‘ona tumanni 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha” tuman hokimi X.Inomov tomonidan belgilangan chora-tadbirlar bilan deputatlar tanishtirildi. 

Sessiya kun tartibidagi 2-masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 18-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yigilishining 3-sonli bayonini 55-bandiga muvofiq, kun tartibida belgilangan 2024-yilda investisiya, eksport va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanida amalga oshiradigan aniq chora-tadbirlar bilan tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Sayfutdinov tanishtirib o‘tdi. 

Sessiya kun tartibidagi 3-masala “Ayollar daftari 5-bosqich”ga kiritish bo‘yicha mas’ulning ishtirok etmaganligi yuzasidan e’tirozga sabab bo‘lib, masala dolzarb ekanligini inobatga olgan holda mas’ulning Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi nomiga “Tushuntirish xati” berishi sessiya bayoniga kiritib o‘tildi va 5953 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari” 5-bosqichga ro‘yxatga kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari N.Isakov, F.Mirzayev, B.Axmadjonov, M. Yo’ldashev, R.Karimov, Sh.Jo‘rayevlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar va taklif berilib, masalalar ijrosini nazorat qilishda deputatlik nazoratini o‘rnatish belgilab olindi 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar tasdiqlanib, qabul qilindi.  

Slide 1 of 4