Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqand tumani 13-Yangiobod saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati R.Eshonqulova 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha Samarqand tumani Yangiobod mahallasi fuqarolari oldida hisobot berdi
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlar o‘z saylov okruglarida o‘rganish olib bormoqda
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati S.Mardonov Qavchinon mahallasida o'z saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi 3-Miranqul saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Mehroj Sunnatilloyevich
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman hokimligi binosida partiyaning “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori!” loyihasi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan Farg‘ona tuman hokimligi binosida partiyaning “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori!” loyihasi doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

 🔹Yig‘ilishda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimov, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi rahbari O.Dadajonova hamda xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari F.Mirzayev, N.Isaqov, A.Alobidinov, A.Erkaboyev va faollar ishtirok etdilar. 

🔹Unda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlik guruhi rahbari O.Dadajonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevral kungi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-28-sonli Farmonining mazmun-mohiyati haqida gapirilib, “Mamlakatimizda davlat hokimiyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish, xalq hokimiyatchiligi asoslarini kuchaytirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq hokimlar va mahalliy Kengashlarning vakolatlari bir-biridan ajratilganligi, aholining joylardagi dolzarb muammolarini hal etish uchun chinakam “xalq ovozi” bo‘lmish mahalliy Kengashlarga keng vakolatlar berilganligi, mahalliy Kengashlarga hokim emas, balki deputatlar orasidan
saylanadigan rais boshchilik qilishi belgilab qo‘yilganligiga alohida to‘xtalib, bu esa o‘z navbatida jonajon xalqimiz ishonch bildirib saylagan
deputatlardan yanada mas’uliyatli bo‘lib, xalqning chinakam ovozi bo‘lish, faqat va faqat aholi manfaatlariga xizmat qilish lozim”. 

🔹Yig‘ilishda “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimov “Kengashlarning o‘z faoliyatini davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshirilishi kafolatlanayotganligini: 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi; 

kelgusida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tegishli vazifalarni mahalliy vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida aniq
belgilab borishlik; 

amaldagi qonunchilikdagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan va Kengashlar faoliyatiga xos bo‘lmagan vazifalar ijrosi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul hisoblanishi nazarda tutilmoqda. 

 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev

Slide 1 of 1