Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 20-oktabrdagi III-26-80-14-206-K/26-son qarori bilan Yunusobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limining 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.
👥Hisobot davrida tumandagi 86 203 nafar yosh bilan individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Yoshlarning muammolarini o‘rganish natijasida 74 ta muammo aniqlanib, 68 tasi ijobiy hal etildi.
💼113 nafar ishsiz yosh bilan ishlanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish choralari ko‘rildi.
🏆“Besh tashabbus olimpiadasi”, “Dolzarb 90 kun” dasturi, sport, madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik tadbirlari orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️Qarorning ijrosi Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatildi.