Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 4-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat Munisov Abduaziz Abdulboriyevich Bog‘ibaland, Jo‘yichuqur, Xo‘jaqishloq, Azizон, Gulobod, Yuksalish hamda Zarafshon MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 7-Chorraha saylov okrugidan saylangan deputat Xakimov Umid Akobirovich Xilol, Xoja Zudmurod, So‘fi Roziq, Ko‘kmasjid, Yangi Hayrobod, Dahbediy hamda Qo‘shhovuz MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA O‘TGAN DAVR FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERDI
янв.21
20-BAND IJROSI: ERTA NIKOHLARNING OLDINI OLISH VA YOSH OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
🧠 PSIXOLOGIK SALOMATLIK — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati M. Xudayberganova tomonidan o‘quvchilar ishtirokida “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-989-son, 2024-yil 5-noyabr) ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

 Tadbir davomida qonunning mazmun-mohiyati, yoshlarning psixologik salomatligini asrash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, turli hayotiy va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish hamda zarur hollarda mutaxassisga murojaat qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatishda inson huquq va erkinliklariga rioya qilish, ixtiyoriylik, kasbiy mahorat va axborotning maxfiyligi kabi muhim tamoyillarga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning psixologik savodxonligini oshirish, muammolarni o‘z vaqtida anglash va zarur yordamdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4