Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
#162_ta_qonun #deputat_faoliyati #qonunchilik_ijrosi #yuridik_yordam

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Yoqubov Ibroxim Allanazarovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M. Xujanov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqov, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida 2023-yil 16-iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–848-son)ning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquqiy kafolatlar hamda fuqarolarning davlat hisobidan yuridik yordam olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun mavjud imkoniyatlar, belgilangan tartib-taomillar hamda murojaat qilish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, huquqiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlaridan to‘liq foydalanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonun hamda 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida qonunchilik hujjatlari va tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi. Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan tavsiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish va aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar deputatlar nazoratida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3