Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati #deputat_okrugida

Yoshlar bilan uchrashuvda ta’lim va tarbiya masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 11-Bag'rikeng saylov okrugidan saylangan deputat J.Abdinazarov tomonidan saylov okrugida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan navbatdagi o‘rganish va uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida "Bag'rikeng" mahallasida joylashgan 45-umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Unda ta’lim va tarbiyaning yoshlar hayotidagi o‘rni, puxta bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash, xorijiy tillarni o‘rganish hamda kelajakda o‘zlari uchun munosib kasb yo‘lini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, turli to‘garak va ta’limiy mashg‘ulotlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Deputatlik faoliyati doirasida yoshlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish muhim yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.

Muloqot yakunida o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli, faol, tashabbuskor va intiluvchan bo‘lishga, o‘z ustida muntazam ishlashga hamda kelajakdagi maqsadlari sari dadil qadam tashlashga chaqirildi.

🇺🇿 Yoshlarning ta’limi, tarbiyasi va kelajagi — deputatlik faoliyatining e’tibor markazidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.

Slide 1 of 1