Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI

#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet

328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI

📈 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🤔 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-son qaror asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalar qatoridan o‘rin olgan 328-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilishi belgilangan ishlarning yakuniy holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💼 Yakuniy o‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamshid Karimov, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, Oliy Majlis deputati yordamchisi Mirabbos Mansurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.

⚙️ O‘rganish davomida loyiha doirasida avval belgilangan vazifalar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yakuniy ishlar ko‘rib chiqildi.

⏫️ Nazorat tadbirlari davomida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarning barchasi bajarilgani, loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar yakuniga yetkazilgani qayd etildi.
Shuningdek, bajarilgan ishlarning belgilangan talab va loyiha yechimlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirilib, obyektning yakuniy holatiga baho berildi.

🗣 328-sonli DMTTda loyiha doirasidagi ishlarning yakunlanishi mazkur ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📈 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan ishlarning sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 7