Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ O‘RGANISHLAR “HILOL” MAHALLASIDA DAVOM ETTIRILDI

🏛 Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Marufova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov hamda Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mas’ullari tomonidan Yashnobod tumanida olib borilayotgan o‘rganishlar “Hilol” mahallasida davom ettirildi.

🤝 Mahallada “mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi muammolarini o‘rganish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺 Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratilib, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📁 Muloqot davomida “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

➡️ Yashnobod tumanidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6