Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

️Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani tegishli tartibda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Jumladan, Bobodarxon ko‘chasi, 6-uyda istiqomat qiluvchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro O.Hakimova bilan suhbat o‘tkazilib, uning ijtimoiy va maishiy sharoiti, mavjud ehtiyojlari hamda unga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroga muntazam ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinayotgani, uning ehtiyojlari tegishli tartibda o‘rganib borilayotgani yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘makning samaradorligi hamda fuqaroning mavjud muammolarini bosqichma-bosqich hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida fuqaroning fikr va takliflari tinglanib, kelgusida ham uning ijtimoiy holatini muntazam o‘rganib borish, zarur hollarda tegishli ko‘mak ko‘rsatish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4