Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ekspert_guruhi

📘 Ekspert guruhi a'zolarini rag‘batlantirish tartibi


Mahalliy Kengash huzuridagi Ekspert guruhi faoliyatida faol ishtirok etayotgan, tashabbuskor va fidoyi a'zolarni rag‘batlantirish ularning samarali mehnatini e'tirof etish hamda jamoatchilik faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🏅 Quyidagi yo‘nalishlarda faol ishtirok etgan Ekspert guruhi a'zolari rag‘batlantirilishi mumkin:
✅ Mahalliy Kengash, uning doimiy komissiyalari va Ekspert guruhi majlislarida muntazam ishtirok etgan;
✅ Mahalliy Kengash hujjatlarini ko‘rib chiqish va muhokama qilishda asosli takliflar bildirgan;
✅ Mahalliy Kengash uchun tavsiyalar va tahliliy materiallar tayyorlagan;
✅ Nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan;
✅ Qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishda tashabbus ko‘rsatgan.

🎖 Rag‘batlantirish shakllari:
🔹 Tashakkurnoma e'lon qilish;
🔹 Turli mukofotlarga tavsiya etish;
🔹 Yilda bir marta pul mukofoti bilan taqdirlash;
🔹 Qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish.

🤝 Ekspert guruhi a'zolarini munosib rag‘batlantirish ularning mas'uliyatini yanada oshirish, mahalliy Kengash faoliyatida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud rivojiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1