Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati

#deputat_faoliyati

🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati

🏦Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Hazorman” mahallasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏦O‘rganish davomida mahalla hududida tibbiy xizmat ko‘rsatishning mavjud holati, aholining tibbiy ko‘rik va davolanishga bo‘lgan ehtiyojlari, tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida tashkil etilishi hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlariga e’tibor qaratildi.
🏦Shuningdek, mahalla aholisi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi fikr va takliflari tinglandi. Ayniqsa, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda doimiy tibbiy nazoratga ehtiyoji bo‘lgan aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan fikr almashildi.
🏦O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholiga tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, tibbiy ko‘riklarni o‘z vaqtida tashkil etish hamda mavjud muammolarga tezkor yechim topish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
🏦Aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2