Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHBILARMON AYOL — 2026” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
24-BAND IJROSI YUZASIDAN: HUDUDDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
24/7 KO‘CHA LOYIHASIDA ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
YOSHLAR GURUHI NAVBATDAGI YIG‘ILISHINI O‘TKAZDI
янв.21
MAKTAB O‘QUVCHISINING TASHABBUSI E’TIBORSIZ QOLMADI
янв.21
AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MUAMMOLARI VA TASHABBUSLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
10-BAND IJROSI YUZASIDAN: MOTRID HUDUDIDAGI OZIQ-OVQAT DO‘KONLARIDA NARX-NAVO O‘RGANILDI
янв.21
"Samarqand" gazetasining navbatdagi 39-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. 🇺🇿 MUTASADDILARNING MAS'ULIYATINI OSHIRISH ZARUR
“OILAVIY TADBIRKORLIK TO‘G‘RISIDA”GI QONUN HAMDA XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
🫥 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🇺🇿 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tuman hokimining iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Abduhamidov Yorqinbek Xusnitdin o‘g‘li bilan uchrashdi.
✅ O‘rganish maxsus savolnoma asosida amalga oshirildi. Unda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, aholini tadbirkorlikka jalb etish, bandlikni ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijro holatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
🔹 tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoitlar;
🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosi;
🔹 sohada mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari.
✅ Uchrashuv davomida oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📊 Shuningdek, o‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalarni tizimli ravishda hal etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Aholi bandligi, oilaviy daromadlarni oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — hudud iqtisodiy rivojining muhim omillaridan biridir.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi — hududdagi muammolarni o‘rganish, ularning yechimini izlash va ijrosini nazorat qilish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.
✅ Tadbirkorlik rivoji — yangi imkoniyatlar, yangi ish o‘rinlari va farovon hayot demakdir!

Slide 1 of 5