#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #19_1_Modda_ijrosi
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
📂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida navbatdagi muhim masala ko‘rib chiqildi.
📊 Yig‘ilishda Uchtepa tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i F.Taxirovning bo‘lim tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti dastlabki tarzda eshitildi.
💬 Muhokamalar davomida hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
📁 Yakunda hisobotni batafsil muhokama qilish va tegishli xulosalarni shakllantirish maqsadida uni Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan qaror qabul qilindi.